Yaponlarning uzoq umr ko'rish siri…

Ma’lumotlarga ko’ra, yaqin 15 yil ichida 100 yoshdan oshgan yaponlar soni milliondan oshar ekan.

Yaponlarning uzoq umr ko’rish sababi nimada?

Dunyoda uzoq umr ko’rish davomiyligi va hayot darajasi bo’yicha bunday yutuqlarga ega bo’lgan boshqa mamlakatlar yo’q.
Ba’zilar, yayaponlarning uzoq umr ko’rish sirlari xom baliq va dengiz o’tlarini iste’mol qilishlarida deb taxmin qilishadi.

Bu noto’g’ri qarash!

Dunyoda ko’plab mamlakatlar bor, ayniqsa, okean bo’yida joylashgan mahalliy aholi ertalabdan kechgacha dengiz mahsulotlari, meva va sabzavotlarni iste’mol qilishadi, ammo ular yaponlardek uzoq umr ko’rishmaydi.
Yaponlarning uzoq umr ko’rish siri shundan iboratki, muloqot qilganda, suhbatdoshining kayfiyatini buzmaslikka harakat qiladigan yagona millat.

Shuning uchun biz yaponlarda haqiqiy iqtisodiy mo»jizalarni ko’ramiz. Sababi, sholi ekish va shaharlarni qurish uchun hech qanday joylari yo’q, tabiiy resurslari yo’q. Ammo ular dunyodagi eng boy millatdir. Yaponlarning o’rtacha ish haqi uch yarim ming dollarni tashkil qiladi.

Nima uchun men sizga ushbu ajoyib yutuqlar haqida gapiryapman? Gap shundaki, butun bir mamlakat muvaffaqiyatining siri yaponlarning birinchilardan bo’lib o’z fikrlarini boshqarishni o’rganganligidadir. Salbiy fikrlar nafaqat suhbatdoshning kayfiyatini, balki uning sog’lig’i va kelajagini ham o’ldirishini anglash kerak.
Ular o’z tillaridan «yo’q» so’zini olib tashlaganlar.

Bu tabiiy yo’l bilan qilingan, chunki ularning har biri maktabda, uyda, ishda o’z fikrlarini boshqaradi va salbiy fikrlar boshqa odamlarning hayoti va kelajagini buzishiga yo’l qo’ymaydi.

Afsuski, aksariyat mamlakatlarda odamlar salbiy fikrlari ularning kelajagi, farzandlari kelajagi, kompaniyasining kelajagi, o’z mamlakatining kelajagi uchun ta’sir qilishini bilishmaydi.

Yaponlardek uzoq va farovon hayot kechirishni istar ekansiz, aslo birovni va o’zingizni kayfiyatingizni buzmang!!!

Manba: @etnosuz