Misrda Ramazon qanday kutiladi?

Misr Arab Respublikasida Ramazon oyining betakror sharqona rasm-rusumlari mavjud. Odamlar saxarlik va iftorlikda bir-birlarinikiga mehmonga borishadi. Bolalar uchun faqatgina shu oyda sotiladigan jilvador fonarlar sovg’a qilishadi. Televidenie orqali turli oilaviy seriallar, komediyalar va ko’ngilochar ko’rsatuvlari namoyish etiladi. Bomdod namozidan ikki soat oldin do’mburachilar ko’chalarda kuyini yangratib saxarlikka uyg’otishadi. Tarovih namozlarida masjidlar to’lib, namozxonlar ko’chalargacha chiqib ketishadi. Iftorlik paytida ko’chalar jonlanib, avtoyo’llar tirband bo’ladi. 1000 minora nomini olgan Qohira shahridagi Al-Husayn, As-Sibt Zaynab, As-Sayyid Nafisa, Al-Azhar, Xon Al-Xaliliy masjidlari oldida katta iftor ziyofatlari uyushtiriladi. Yovvoyi kabutar, barra go’shtidan qiyma misrliklar uchun eng tansiq taom bo’lsa, ichimlik borasida basbus va kataifga yetadigani yo’q.

 

 

Manba: @etnosuz