Yaqin kishingiz bilan o’rtangizda paydo bo’lgan kelishmovchilik uchqunlarini bartaraf etmoqchimisiz? Amerikalik ruhshunos Doris Bazzinining ta’kidlashicha, buning uchun birgalikda kulish va hayotingizdagi shirin xotiralarni birgalikda eslash lozim. U buning sababini tushuntirarkan: «Qachonki umr yo’ldoshingiz bilan birga kular ekansiz, orangizda qo’shimcha rishtalar paydo bo’ladi va siz bir-biringizni yaxshiroq tushuna boshlaysiz. Agar biror nimani birgalikda xotirlasangiz, hayotiy tajribalaringizni bo’lishasiz, natijada bir-biringizni anchadan buyon bilishingiz ayon bo’lib, u ham xuddi kulgi kabi munosabatlaringizni mustahkamlaydi», deydi.
Kuniga 15 daqiqa kulish bir yilda 2 kilogramm ortiqcha yog’ni eritishga qodir. Juda kulgili teleko’rsatuv yoki komediya tomosha qilish bir kilometrlik sayr kabi kaloriya yo’qotishi mumkin.
BARNO
(«7 Mo»jiza» xazinasidan)
loading…