ODAMNING HID VA TA’M BILISh A’ZOLARI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Odam atrof-muhitdagi barcha ma’lumotlarni quloqlari, ko’zlari, teri, til, burun va vestibulyar uskuna (oshqozon) orqali oladi. Olingan ma’lumotlar markaziy asab tizimiga borib tushadi.
2. Yer yuzining teng yarim aholisi ko’z bilan bog’liq xastalikka chalingan.
3. Tibbiyotda keragidan ko’p ovqat yeyish quloqlarda muammo tug’diradi deyishadi. Ammo bu fikr hali isbotlanmagan.
4. Har bir odamning o’z hidi bor. Hech qachon ikki yoki undan ortiq kishidan bir xil hid taralmaydi.
5. Ayollar hidni erkaklarga nisbatan yaxshiroq ajratadi. Ularda eshitish imkoniyatlari ham erkaklardagiga nisbatan ko’proq.
6. Ko’zlarni nazorat etuvchi mushaklar odam organizmidagi eng faol a’zo sanaladi.
7. Yer yuzi aholisining taxminan 2 foizi hid, ta’m bilmaydi.
8. Odam hech qachon ko’zlari ochiq holda aksira olmaydi.
9. Odam xotirasi 50 mingtagacha bo’lgan hidlarni o’zida saqlab qola oladi.
10. Biz har daqiqada 17-25 marta kiprik qoqamiz.
11. Ko’z miyani boshqa a’zolarga qaraganda ko’proq zo’riqtiradi.
12. Itlarning hid bilish qobiliyati odamga qaraganda 1 mln marta kuchliroq bo’ladi.
13. Sabzi ko’zni ravshan tortiradi degan falsafa butkul noto’g’ri. To’g’ri, sabzida A vitamini ko’p. Lekin ko’zni ravshan torttirgani hali kuzatilmagan.
14. Odamning quloqlari hayoti davomida o’sishdan to’xtamaydi.
15. Quloqlarimiz 3000 dan 4000 tagacha bo’lgan turli chastotadagi tovushlarni bir-biridan ajrata oladi.
16. Odamning burun qismida 11 milliontaga yaqin hid bilish to’qimalari mavjud.
17. Zarur bo’lsa, odam burnining bir tarafi bilangina nafas olib tura oladi.
18. Odamning ko’zlari 10 milliontagacha bo’lgan ranglarni farqlashga qodir.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…