Sun'iy ong jigar saratoniga davo topdi

Torronto universiteti olimlari va Insilico Medicine biotexnologiya kompaniyasi sun’iy ong yordamida jigar saratoni (gepatotsellyulyar karsionoma)ga qarshi kurasha oladigan vositani yaratdi. Sun’iy ong 30 kun ichida davolash jarayonini ishlab chiqdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Olimlar uning yordamida saraton hujayralarini skanerlagan va uning kuchsiz qismlarini aniqlagan. Sun’iy ong versiyasiga ko’ra, CDK20 oqsili saraton hujayrasining nozik nuqtasidir. Olingan ma’lumotlar asosida olimlar bu oqsilga ta’sir qila oladigan vositani topgan.

Gepatotsellyulyar karsioma — tez rivojlanuvchi kasallik bo’lib, odatda saratonning so’nggi bosqichlarida aniqlanadi. Har yili qariyb 600 ming bemorda saratonning shu turi tashxisi qo’yiladi.