Bokschilarimiz Qirg'izistondagi turnirda ishtirok etishadi

21-25 mart kunlari Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo’yicha kattalar o’rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir tashkil etiladi.

Musobaqada o’zbekistonlik charm qo’lqop ustalari ham ishtirok etishadi.

Terma jamoamiz quyidagi tarkibda musobaqada qatnashadi:

-51 kg: Abdumajid Mannopov
-54 kg: Shahboz Tolibjonov
-54 kg: Xo’janazar Nortojiyev
-57 kg: Sanjar Vahobov
-63,5 kg: Lazizbek Fattoyev
-67 kg: Javlon Yo’ldoshev
-71 kg: Baxtiyor G’ofurov
-86 kg: Samandar Jalolov
-92 kg: Nusrat Tohirov
-92 kg: Nurmuhammad Ahmedov

Murabbiylar: Jasurbek Qurbonov, Nodirjon Irgashev, Ruslan Telimbayev

Hamyurtimiz Sodiqjon Xidirov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.