Adrenalin oqimi miyangizni tez-tez to’ldirib turadimi? Bordiyu biron kimsa biron bir narsani siz istagandek qilmasa qoningiz qaynaydimi?
Odamga, uning xatolarini ko’rsatish uchun unga faqat ovozni balandlatib, do’q urish kerak deb o’ylaysiz. Lekin bu noto’g’ri. O’zingizni tinchlataman deb, unga bor qahringizni to’kasiz. Bunday qilib o’zingiz engil tortasiz, ammo bir narsa hayolingizdan chetta qoladi. U ham bo’lsa, sizning barcha salbiy energiyangiz endi o’sha odamga o’tib ketdi. Endi bular sizda emas, o’sha odamning qalbida qaynayapti.
Agarda reaktsiyangiz tinch bo’ladigan bo’lsa yoki kelib chiqqan vaziyatga munosabatingiz biroz hazil bilan amalga oshsa, unda xaligi odamning vijdoni va uyalishi hafa bo’lish tuyg’usi bilan qoplanmaydi. Shunda uning o’zi qilib qo’ygan xatolari ustida fikr yuritib, ularni to’g’irlashga bel bog’laydi. Eng asosiysi, bu bilan u sizga ko’proq ishonadi va siz bilan maslahatlashadigan bo’lib qoladi. O’zingiz bir o’ylab ko’ring, ahir bunday yo’l tutish yahshiroq emasmi? Uning oldida ikki yo’l turadi: biri sizga to’g’risini aytib bir talay asabini isrof qilib barcha g’azabni o’ziga qabul qilish. Boshqa yo’l esa, sizga yolg’on gapirib jiddiy mojaroni chetlab o’tishi mumkin.
Maktab va talabalik yillarimiz xammamizning yodimizda. Shubhasiz, g’azabga to’lgan ko’zlar bilan o’quvchiga baqirib, dars tayyorlamagani uchun uni erga uradigan ba’zi o’qituvchilar yodingizda bo’lsa kerak. Boshqa tomondan esa, sabr toqatlik ko’rsatib, yuzidagi muloyimlik va tabassum bilan sizga tushunmagan narsangizni “chaynab” beradigan o’qituvchilar ham yodimizda. Siz ularning qaysi biriga ko’proq xurmat ko’rsatib ko’proq ishonar edingiz?
Siz, “Ahir, men tug’ilganimdan beri shundayman. Men o’zimni sira o’zgartirolmayman”, deb aytishingiz mumkin. Lekin shuni aytish kerakki, serjahllik va serg’azablik tug’ma emas, aksincha, bu jarayon to’g’ridan to’g’ri o’zingizga, sizning irodangizga bog’liq narsa. Aytgancha, serjahllik ko’pincha odamning yashirin komplekslariga ishora qiladi, uyquni va boshqa psixologik jarayonlarni buzulishiga olib keladi. Lekin bordiyu, his tuyg’ularingizni jilovlab ololsangiz, unda boshqa muammolar ham o’zidan o’zi yo’q bo’lishi mumkin.
Jahl yoki g’azab sizni egallab olganida, sherigingizga darrov tashlanib unga naqadar haq ekaningizni aytishni boshlamang. Undan ko’rasi, o’rningizdan turib xonadan chiqib keting. Sizni hech kim bezovta qilmaydigan xonaga kirib o’zingizni tinchlantirishga harakat qiling. Kelib chiqqan vaziyat haqida boshqa rakursda o’ylab ko’rib unga baho bering. Nima uchun u yoki bu odam bunday qildi? Yoki nima uchun bunday qarorga kelindi?-degan savollarga javob izlang. U yoki bu odamni tushunishga harakat qiling. Ahir, besh qo’l bir emas. Biz hilma-hilmiz. Har birimiz har bir vaziyatni, masalani o’zimizcha tushunamiz. Darrov xulosa chiqarishga hech shoshilmang. Avvalam bor tinchlanishga jon kuydiring, keyin sherigingizni yaxshilab tinglang. Bu albatta o’z foydasini beradi.
Yodingizda bo’lsin, g’azablik va jahllik ham, xuddi rashq tuyg’usidek munosabatni faqat buzish uchun hizmat qiladi. Ishonch va tinchlik esa bahtli va xotirjam hayotning garovidir.
loading…