Baxtni kichik narsalarda topish mumkin!
Ko’pincha quyidagi iborani eshitamiz: “Baxt – kichik narsalarda”. Biroq, bu so’zlar haqida kamdan-kam o’ylab ko’rishimiz mumkin. Aslida baxt kichik narsalardami?
Bunga ishonch hosil qilish uchun hayotingizni tekshirib, sizga har kuni baxt keltiradigan narsani topishingiz kerak. Bunda biror bir buyuk hodisa yoki kichik bir narsa bo’lishi mumkin. Baxt – har joyda, uni ko’rishni o’rganing!
– uzoq davom etgan kundan keyin poyafzalingizni yechish;
– bolani muloyim yuzidan bo’sa olish;
– og’ir kundan keyin dush qabul qilish;
– sevimli taomingizning birinchi qismini ta’tib ko’rish;
– uzoq kundan keyin yoki uyqusiz kechadan keyin yotish;
– ertalabgi ajoyib qahva;
– sohil bo’ylab sayr qilish va quyosh botishini kuzatish;
– toza va dazmollangan kiyimlarni kiyish;
– issiq havoda hovuzga tushish;
– yangi kitobning hididan nafas olish;
– yozgi yomg’ir ostida yurish;
– massaj seansini olish;
– o’tlarda yalangoyoq yugirish;
– yomg’irdan keyingi hid;
– muzlab qolgan qo’llarni olov yonida isitish;
– sog’ingan insonni quchoqlash;
– shashlikning hidi;
– uyg’onib, bugun dam olish kuni ekanligini tushunib yetish;
– va hokazo.
Siz mazkur ro’yxatni davom ettirishingiz mumkin! Sizga nima baxt keltiradi?
loading…