Sifatli muzqaymoq tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

Yog’ miqdori
Keling, gapni parhezbop muzqaymoq mavjud emasligidan boshlaylik. Ushbu desertning asosiy tarkibiy qismini sut, qaymoq, sariyog’ tashkil qiladi. Ammo tabiiy muzqaymoqlarning har xil turlari yog’ miqdori darajasiga qarab farq qiladi.

7,5 foizgacha yog’ — sutli muzqaymoq;

8 dan 11,5 foizgacha — qaymoqli muzqaymoq;

Rang
Sotib olayotganda, iloji bo’lsa, muzqaymoq rangiga e’tibor bering. Massa bir xil rangda bo’lishi kerak. Muzqaymoq qancha sariq bo’lsa, shunchalik yog’li bo’ladi. Ba’zi turdagi shirinliklarga oziq-ovqat bo’yoqlari qo’shiladi. Ko’pincha bu bo’yoqlar tabiiy usulda tayyorlanadi.

Ammo sintetik bo’yoqlardan ham foydalanish mumkin, ular bilan ehtiyot bo’lish kerak, chunki ulardan ba’zilari bolalar uchun tavsiya etilmaydi.