Rassom Dug Aytken o’zining yangi Mirage Gstaad loyihasida Alp tog’lari go’zalligini aks ettirdi, deb yozadi TravelAsk.
U ranchoga o’xshash uy ko’rinishidagi instalyatsiya bo’lib, oynalar bilan qoplangan. Hozir esa u Shveysariyaning Gshtaade qorli tepaligida joylashgan.
Mirage Gstaad yuzasi oynavand bo’lganligi uchun tog’lar va daraxtlarni o’zida aks ettirib, ular bilar bir tusga kiradi. Uzoqroqdan esa bu bino butunlay ko’rinmay ketadi. Lekin oddiy binolar kabi, uning ichiga kirish mumkin. Devorlar va shifti oyna bilan qoplangan kaleydoskop effektiga ega ajoyib interyer quyosh nurlarini o’zida aks ettirib o’ziga xos taassurot uyg’otadi.
Izohlarni ko`rish