Kanadaning Gvelf va Toronto Universiteti olimlari tajribalari so’nggida juda xavotirli xulosaga kelishdi.
Havoning global isib ketishi – ovqatdan zaharlanish va zararli bakteriyalardan kasallanish holatlarini ko’paytirib yuboradi. Bu xastaliklarning ko’payishiga esa tashuvchi sifatida chivin va pashshalar ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shadilar.
Olimlarning bashoratiga ko’ra, hashoratlar soni 2080 yilda shu qadar ko’payib ketadiki, “Campylobacter” mikrobi keltirib chiqaradigan oshqozon-ichak kasalliklari ham shunga mos ravishda ikki barobar oshadi.
“Campylobacter” bakteriyalari kampilobakterioz chaqirib, o’tkir oshqozon-ichak xastaliklari va zaharlanishni yuzaga chiqarishda birlamchi omil sanaladi.
Izohlarni ko`rish