Ronalduning yangi toychog'i

Turinning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Brabus G800 Widestar yangi mashinasi bilan maqtandi, uning narxi 400 ming yevroga yaqin.

«Yaxshi hafta o’tkazing», deb yozadi portugaliyalik o’z instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, o’tgan mavsumda 36 yoshli Ronaldu «Yuventus» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 44 o’yin o’tkazib, 36 gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.