Niyati pok qiz ekan!

Yangi yil oqshomlaridan birida Gollivud yulduzlaridan biri bilan uchrashishni tilagan styuardessa qizning orzusi amalga oshdi

Niyati pok qiz ekan!
Ispaniya, Ibitsa va Mayorka orasida harakatlanadigan yaxtada styuardessa bo’lib ishlagan Lara mavsumiy shartnomaga ko’ra belgilan vaqt tugashini kutgan va undan keyin Amerikaga uchib ketishni rejalashtirgan. Muddat tugashiga yana ikki hafta vaqt qolgan, yoz qiyin o’tgani sabab kemadagi ishchilarning bari charchagan. Sentyabr tugashiga oz qolganida kema kapitani kelib ikki haftalik charter borligini, Gollivud yulduzi tashrif buyurishi mumkinligini aytgan.

Oradan bir necha kun o’tib, Jonni Depp ularning yaxtasida suzishni istagani haqida ma’lum qilingan. Jamoa a’zolari birinchi kundanoq maxsus kiyimlarini kiyib amerikalik aktyorni kuta boshlagan. Ammo hech nima sodir bo’lmagan. Ikkinchi kuni bir nechta odam kelgan, ammo ularning orasida Depp bo’lmagan. Uchinchi kuni Lara ko’zini ochganidan keyin: «Jonni kayutada, bortda 6 ta odam bor», degan qaydni ko’rgan. Ammo buning hazil ekaniga ishonchi komil bo’lgan. Shunday qilib katta styuardessa tushlik vaqtida kayutasidan chiqib kelgan Deppni ko’rib hayratda qolgan. Ishini iloji boricha sifatli bajarishga harakat qilsa-da, dovdirab qolganini yashira olmagan. Kulgidan o’zini tiya olmagan aktyor u bilan gaplashishga urinib ko’rgan, ammo styuardessa Deppni barcha so’roviga: «Yaxshi, janob», — deb javob bergan.

Niyati pok qiz ekan!
U o’zini qo’lga olishiga Jonnining qo’lida 20 yildan ortiq vaqt davomida haydovchi va soqchi bo’lib ishlagan Starling yordam bergan. Soqchi aktyor juda ham oliyjanob ekani va oddiy odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’rishini ta’kidlagan. Jonni esa o’ziga berilgan ta’rifning yolg’on emasligini isbotlashga muvaffaq bo’lgan.

Kemadagi ishchilardan biri — Francheskaning aktyor bilan gurunglashib o’tirishini Lara chetdan havas bilan kuzatib turgan va hamkasbining jasoratiga qoyil qolgan. U ham borib suhbatga qo’shilishni istagan, ammo nazokat nuqtai nazaridan suqilmaslikni afzal bilgan. Buni payqagan Starling imo orqali aktyorning e’tiborini Laraga qaratishga uringan. Shundan keyin Gollivud yulduzi ayolni suhbatga qo’shilishga taklif qilgan. Avvaliga u shunchaki jim, tinglab o’tirgan. Depp «Karib dengizi qaroqchilari»ning suratga olish ishlaridan keyin salomatligida paydo bo’lgan muammolar haqida gapirgan.

Niyati pok qiz ekan!
«Hammaga aktyor bo’lish osondek tuyuladi, lekin ishingiz og’ir mehnat talab qiladi», — deb gap qistirgan ayol. Bunga aktyor: «Sizning ishingiz darhaqiqat og’ir: kun bo’yi tik oyoqda turasiz, qolaversa, mehmonlar orasida yoqimsiz kishilar ham bo’lishi mumkin. Siz ko’proq dam olishingiz uchun nima qila olishim mumkin?», — deb javob qaytargan.

«Nimalar deyapsiz? Sizning tashrifingiz biz uchun bayram va sharaf, ishlaydigan muhit emasligi va men o’zimni sizning ziyofatingizning bir qismi deb his qilganim uchun bugun hatto tanaffus ham olmadim. Ekipajning qolgan a’zolari ham o’zlarini shunday his qilyapti. Biz uchun mavsum og’ir bo’ldi, lekin bunday bo’lishi xayolimizga ham kelmagandi», — degan ayol.
Laraning samimiyatidan yuziga tabassum yugurgan aktyor undan seni bag’rimga bossam bo’ladimi, deb so’ragan. Ular Hindiston va «Shantaram» kitobi haqida ham suhbatlashgan. Lara ushbu romanni o’qish davomida nima uchun haligacha bunday qiziqarli hikoya motivi asosida hech kim film suratga olmagani haqida o’ylaganini aytgan. Depp bu haqida o’ylagani, ammo asar bir film uchun juda ham kattaligi, trilogiya suratga olishga to’g’ri kelishini ta’kidlagan. Kun o’tgani sayin yulduz bilan ko’proq muloqot qila boshlagan Lara uning og’aynilari bilan ham do’stlashib olgan.

Niyati pok qiz ekan!
Styuardessa Jonnining tabi nozik mehmonlari haqida, shuningdek, aktyorga har kuni ertalab mevalarni likopchaga solib olib borganini ham so’zlab bergan. Bolalari haqida aytib bergan Depp Larani singlim deb atagan. Bora-bora ular bir-birini yaxshi tushuna boshlagan. Masalan, Laradan sut keltirishni so’ralganida ayol gap maxsus kokteyl haqida ketayotganini yaxshi bilgan.

Ammo orada noqulay vaziyatlar ham bo’lgan. Jinsi shimiga yopishib qolgan plastir bo’lagini olib tashlagan aktyor ayoldan uni tashlab yuborishni so’ragan. Hazillashmoqchi bo’lgan Lara uni esdalik uchun olib qo’yishini aytgan. Buni eshitgan aktyor sarosimali nigoh bilan Laradan ortga qadam tashlagan. Hazili omadsiz chiqqanini tushunib yetgan xodim aktyordan kechirim so’ragan. Bunga Jonni: «Hammasi joyida, singlim», — deb javob bergan.

Niyati pok qiz ekan!
Aktyorning yaxtadagi so’nggi kuni Laraning tug’ilgan kuniga to’g’ri kelgan. O’sha kuni tongda Jonnini u yaxtaga kelishidan avval do’stlari bilan birga ijaraga olgan villaning quvnoq ishchilar jamoasi uyg’otgan. Ular tomonidan aktyorga suvenir gitara sovg’a qilingan. Aktyor qo’liga gitarani olib «Tug’ilgan kunim bilan», — deb xirgoyi qila boshlagan. Shunda uning soqchisi Laraning tug’ilgan kuni ekanini aytib qolgan. Yulduz Larani bag’riga bosib, uni tavallud ayyomi bilan tabriklagan. Styuardessa: «Yoshim 39 da. Meni Jonni Depp quchoqlab, tug’ilgan kunim bilan tabriklayapti. Demak, men nimanidir to’g’ri qilganman», degan fikrlarni xayolidan o’tkazgan. Xayrlashishdan avval aktyordan dastxat olib qolgan Lara ushbu yoqimli uchrashuvni bir umr unutmasligi aniq.