Avvalroq Melinda va Bill Geyts 27 yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qilgani haqda xabar berilgandi. Unga ko’ra, kelishmovchilikning sababi shu kungacha aniq emas. Chunki ushbu masala to’g’ridan-to’g’ri ularning biznes mavqeyiga taalluqli.
Biznes haqida gap ketganda milliarderning ajralishi tarixdagi eng qimmat ajrim bo’lishi kutilmoqda. Darhaqiqat, er-xotin yashaydigan Vashington shtatining qonunlariga ko’ra, birgalikda sotib olingan barcha mulklar ikkiga bo’linadi. Biroq ushbu tafsilotlarni Melinda va Bill Geyts sir saqlashga qaror qildi. Faqatgina Microsoft asoschisining rafiqasi turmush o’rtog’idan umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo’lgan aksiyalarni olganigina ma’lum.
Internetda paydo bo’lgan sud hujjatlariga ko’ra, Bill va Melinda ajrashgandan keyin ham Geyts familiyasini saqlab qoladi. Chunki sobiq turmush o’rtoqlar Gates Foundation jamg’armasida birgalikda ishlashni davom etadi. Keraksiz hujjatlar esa ularni faqat muhim ishlardan chalg’itishi mumkin.