1. Qoramolning hayotda go’sht, go’sht va sut, faqat sut beradigan turlari mavjud. Ularning hajmi zotiga qarab belgilanadi. Faqat go’sht beradigan qoramollar boshqalariga nisbatan ancha yirik bo’ladi.
2. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, qoramollar samolyot va avtomobillarga qaraganda ekologiyani ko’proq ifloslantirarkan. Chunki ularning go’ngidan metan gazi ajralib chiqib atrofga tarqaladi.
3. Qoramolning ko’zlari shunday joylashganki, u har qanday buyumni kattalashtirilgan holatda ko’radi. Shuning uchun unga ilkis yaqinlashsangiz, qo’rqib ketadi.
4. Qoramollar ranglarni ajratish xususiyatiga ega emas.
5. Qoramollar yerdagi magnit maydoni va vaqtni chuqur his etadi. Shu sababli sog’in sigir har kungi vaqtida sog’ib olinmasa, o’sha kuni suti kamayib ketadi. Bundan tashqari, sutidagi yoq miqdori ham 3-4 foizga kamayadi.
6. Qoramollar bir-biridan o’rnak olishda tengsiz. Basharti birini tok ursa, qolganlari o’sha joyga hayotda yaqinlashmaydi.
7. Qoramollarda musiqani his etish masalasi juda yuqori. O’ziga yoqqan musiqani xotirlab qolishda qoramolga yetadigani yo’q.
8. Qoramol shirin va achchiqni yaxshigina ajrata oladi. Agar bir marta shirin ovqat bersangiz, o’ziga bemaza tuyulgan taomni yemay qo’yadi.
9. Hindistonda qoramol ilohiy hisoblanadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi