1. 1753 yilga qadar odamlar havo bir nechta gazlar qorishmasidan iborat ekanini bilishmasdi. Aslida havoning 95 foizi azot va kislorod, qolgan qismi argon, vodorod va boshqa gazlardan iborat bo’ladi. Har kuni odam 22 kilogrammga yaqin havo oladi. Avtomobillarga esa bundan-da ko’proq havo zarur bo’ladi. Bitta avtomobil oladigan havo odam uchun 10 kunga yetadi.
2. Tog’larning eng baland cho’qqilariga chiqqanda, atmosfera bosimi pasayishi natijasida odamda kislorod yetishmaslik holati yuzaga keladi. Buning oqibatida bosh og’rig’i, horg’inlik va bosh aylanish kabilar sodir bo’ladi. Agar shunday holatda inson ko’proq turib qolsa, bu o’lim bilan tugaydi.
3. Biz oladigan havoning chorak qismi miyani kislorodga to’yintirish uchun sarflanadi.
4. Bir kunda odam 20 ming marta nafas olib, nafas chiqaradi.
5. Havo uchun namlik xuddi bizning organizm kabi juda zarurdir. Bu atmosferadagi barcha jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu sababli uylar ichkarisini ham namlikka-da to’yintirib borish talab etiladi.
6. Yer yuzidagi kislorodning asosiy qismini Janubiy Amerika changalzorlari, Sibir o’rmonlari ishlab chiqaradi. Bu maskanlar havoni tozalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o’tamiz, havo tarkibidagi kislorod jami 21 foizni tashkil etadi.
7. Odam aksirganda, burun qismida nafas olishni 70 foizga tezlashtiruvchi kanal paydo bo’ladi.
8. Binolar ichidagi havo ko’chadagiga nisbatan 25-35 foizga iflosroq bo’ladi.
9. Xitoy havosi ifloslanishi jihatidan dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Shveysariya esa aksincha, havo tozaligi bo’yicha dunyo reytingining birinchi pog’onasini band etgan.
10. Har daqiqada o’pkamiz o’zidan 5 litr havo o’tkazadi. Havoga qo’shilib atmosferada mavjud bo’lgan chang va boshqa zararli moddalar ham o’pkamiz orqali o’tadi.
11. Havo yomg’irdan so’ng emas, yomg’ir yog’ishidan oldin kuchli namlikka ega bo’ladi.
12. Havo barcha jonzotlarni quyoshning o’tkir nurlarida kuyib o’lim topishdan asrab turadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi