Qirolicha Yelizaveta Muhammad alayhissalomning avlodi ekani aniqlandi

1986 yilda tashkil topgan «Burke Peerage» Britaniya genealogik nashriyoti Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta ikkinchining genealogik kelib chiqishiga oid tadqiqot natijalarini e’lon qildi,– deb yozmoqda Xabar nashri.

Unga ko’ra, qirolicha janobi payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning to’g’ridan-to’g’ri avlodi ekani aniqlandi. Nashriyot 190 yildan ortiq davrni o’rganib, qirolicha payg’ambarimizning (s.a.v.) 43-avlodi ekanini ta’kidladi. Nashriyot direktori Xerold Bruks Beykerning ta’kidlashicha, qirolicha payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning to’g’ridan-to’g’ri qondosh avlodi bo’lishi britaniyaliklar uchun qisman ma’lum bo’lib, hatto boshqa islom davlatlarining rahbarlari ushbu faktdan faxrlanadilar.

Ushbu qondoshlik Ispaniyani boshqargan Sevilyadagi arab podshohligi davriga borib taqaladi. So’ng ularning qoni Portugaliya va Kastiliya qirolliklari orqali Angliyaning XV asrdagi qiroli Eduard IV qoniga qo’shilgan.

Keling, bir boshdan boshlaymiz.

Muhammad alayhissalomdan keyin ummaviylar xalifaligi o’rnatilgan. Bu 62 million aholini boshqargan (o’sha paytda dunyo aholisining 29 foizi) tarixdagi beshinchi imperiya edi. Uning poytaxti Qurdoba (Kordoba) shahri (hozirgi Ispaniyada) bo’lgan. Qurdoba musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarning madaniy va ilmiy markaziga aylangan, o’sha paytda xalifalik ilm-fan, tarix, geografiya, falakiyot va matematika sohasida jadal rivojlangan.

Ummaviylar xalifaligi islom tarixidagi to’rt buyuk xalifalikning ikkinchisi — abbosiylar inqilobidan keyin parchalanib ketgan. Muhammad alayhissalomning qizi Fotima(r.a.)ning to’g’ridan-to’g’ri avlodi bo’lgan Abu Qosim Muhammad ibn Abbos abbosiylar xalifaligiga asos solgan.

Qirolicha Yelizavetaning aynan shu silsilaga genealogik bog’liqligi aytilmoqda.

Shajara

Elizaveta II, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi (BQ) qirolichasi

Jorj VI, BQ qiroli

Jorj V, BQ qiroli

Eduard VII, BQ qiroli

Viktoriya, BQ qirolichasi

Eduard, Kent va Stratxarn gersogi

Jorj III, Buyuk Britaniya (BB) qiroli

Frederik, Uels shahzodasi

Jorj II, BB qiroli

Jorj I, BB qiroli

Sofiya, Gannover valiahd malikasi

Elizaveta, Bogemiya qirolichasi

Jeyms I/VI, Angliya, Irlandiya va Shotlandiya qiroli

Mariya, shotland qirolichasi

Jeyms V, shotland qiroli

Margaret Tyudor, shotland qirolichasi

Elizaveta, Angliya qirolichasi (York)

Eduard IV, Angliya qiroli

Richard Plantagenet, York gersogi

Konisborglik Richard, Kembrij grafi

Izabella Peres, York gersoginyasi

Mariya Xuana de Padilla, Kastiliya malikasi

Mariya Fernandes de Enestrosa, Kastiliya zodagoni

Aldonza Ramires de Chifontes, Kastiliya malikasi

Aldonza Gonsales Jiron

Sancha Rodriges de Lara

Rodrigo Rodriges de Lara

Sancha Alfonses, Kastiliya malikasi

Zaida (Izabella)

Mo»tamid ibn Abbos, Sevilya podshohi

Abbos II Mo»tamid, Sevilya podshohi

Abu Qosim Muhammad ibn Abbos, Sevilya podshohi

Ismoil ibn Quraysh

Quraysh ibn Abbos

Abbos ibn Amir

Amir ibn Aslan

Aslan ibn Amir

Amir ibn Itlaf

Itlaf ibn Naim

Naim II Lahmiy

Naim Lahmiy

Zahro bin Husayn

Husayn ibn Hasan

Hasan ibn Ali — Muhammad alayhissalomning nabirasi