Kunni kulgi bilan qarshilang!

Bir kuni eri uyiga ichib kelibdi. Xotinini yonida yotib:
— Xotin, bitta suv olib kel, – deyaveribdi.
Xotini eriga:
— Xozir tinch uxlamasangiz oqlov bilan uraman, – debdi.
Eri:
— Oqlovga borganda suv ham olib kel! – degan ekan.

***

Shamsiddinni onasiga o’g’lining sinf rahbari qo’ng’iroq qildi:
— O’g’lingizni ustidan yana shikoyat tushdi. Uni qizlarga suyagi yo’q! Hadeb tegajoqlik qilaveradi.
Bolaning onasi:
— Bu o’g’lim otasiga tortdi! Agar biror chorasini topsangiz, iltimos menga ham xabar qilsangiz!

***

Ikkita qari futbolchilar suhbatlashmoqda:
— Qaysi birimiz birinchi bo’lib olamdan o’tsak, u dunyoda futbol o’yini bor yoki yo’qligi to’g’risida xabar beramiz, kelishdikmi?
Futbolchilar kelishib olishibdi-da, ko’p o’tmay ulardan biri vafot etibdi.
Tirik qolgan futbolchini tushiga 3 kun o’tib, marhum do’sti kirib debdi:
— Qalesan do’stim? Bu yerda ham futbol bor ekan! Lekin senga yomon xabarim bor! Kelayotgan juma kuni bo’lib o’tadigan o’yinda seni ham familiyang turibdi.

***

Qaynona yangi tug’ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o’g’limga o’xshamaydi, – desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! – dermish.

***

Er-xotin televizor ko’rib o’tirsak, oshxonada qolib ketgan qo’l telefonimga SMS xabari keldi.
Erinchoqlik bilan o’rnimdan turib, sekin borib qarasam, erimdan xabar kelibdi:
«Xotinjon, modomiki o’rningdan turib, oshxonaga boribsan, bitta achchiq choy damlab kelaqolgin!»