Kolbasa ishlab chiqariladigan joyda ishlayman. Kolbasamiz halol sertifikatiga ega. Ammo…

Savol:

– Assalomu alaykum! Men kolbasa ishlab chiqarish sexida ishlayman. Kolbasamiz halol sertifikatiga ega. Ammo barcha qo’shilgan narsalar uni ustiga yozilmaydi yoki to’liq yozilmaydi. Bu tarzda sotish halollikka to’g’ri keladimi?

 

Javob:

– Va alaykum assalom!

Asosiysi unga harom yoki shubhali narsa qo’shilmasligiga bog’liq. Juda ko’p kolbasa ishlab chiqaruvchilar yevropadan keladigan tovuq terisini mahsulotiga qo’shishadi. Ular halol degan sertifikatni urishadi. Aslida esa juda ko’pi halol emas. Vallohu a’lam!

 

manba: islom.uz