Konfutsiy hayotidan 9 ta muhim saboq

1. Doimo harakatda bo’ling.
«Qanday tezlik bilan harakat qilishingiz muhim emas, siz to’xtamaguningizgacha harakatni davom ettirasiz».

2. Do’stlaringiz kimligi muhim.
«O’zini rivojlantirishni hoxlamagan insonlar bilan hech qachon do’stlashmang».

3. Yaxshi narsalarning qadri baland.
«Yomon ko’rish oson, yaxshi ko’rish qiyin. Dunyomiz shunday yaratilgan. Yaxshilikka erishish qiyindir, yomonlikga esa judayam oson».

4. Instrumentlaringizni charxlab turing.
«Hayotdagi natijalar g’ayratingizga bog’liq. O’z ishini takomillashtirayotgan mutaxasis instrumentlarini o’tkirlashi kerak».

5. Xafa bo’lmoq – hech narsa emas.
«Xafa bo’lmoq – xech narsa emas agar siz bu haqida eslamasangiz».

6. Oqibatlar haqida fikr yuriting.
«G’azabingiz kelsa buning oqibati to’g’risida o’ylab ko’ring».

7. O’zgartirishlar kiriting.
«Agarda biror maqsadga erishish mumkin emasligi ayon bo’lsa maqsadingizni o’zgartirmang, aksincha maqsadga erishish yo’lini o’zgartiring».

8. Siz har bir insondan dars olishingiz mumkin.
«Agar men 2 kishi bilan yonma-yon yursam, ularning xar biri menga ustoz bo’lishi mumkin. Men ularning yaxshi tomonlarini qidirib topaman va taqlid qilaman, yomon tomonlarini esa o’zimda tuzatishga xarakat qilaman».

9. Hammasi yoki hech narsa.
«Xarakat qilayotganingizda butun vujudingiz bilan harakat qiling».

loading…