Italiyaning Turin shahrida Yer yuzidagi eng mashhur ichimlik – qahvaga bag’ishlangan muzey ish boshladi. Necha asrlar mobaynida insoniyat tomonidan iste’mol qilinadigan ichimliklar orasida suvdan keyingi o’rnini boy bermay kelayotgan qahvaning kelib chiqish tarixi va rivojlanish davrlari bilan tanishish mumkin bo’lgan muzey beshta alohida zaldan iborat. Ularning har birida siz quvvatbaxsh ichimlikning yangi qirralarini kashf etasiz.
Albatta, qahva muzeyida tashrif buyuruvchilar uning turli xil navlaridan tatib ko’rish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Tabiiyki, ko’pchiligimiz qahvaning meva holida yig’ib olinganidan keyin iste’molchining finjoniga to’kilguniga qadar qanday jarayonlarni boshdan kechirishidan bexabarmiz. Muzeyga kirishingiz bilan birinchi bo’limdayoq siz bu jarayonning har bir bosqichini jonli tarzda kuzatishingiz mumkin bo’ldi. Bundan tashqari, bu yerda kofe tayyorlash mashinalari dastlabki ko’rinishlari va boshqa yuzlab antiqa eksponatlar joylashtirilgan.
Muzeyga kirish narxi kattalar uchun 10 yevroni, bolalar uchun esa 8 yevroni tashkil etadi.
Izohlarni ko`rish