Hammasi uning 150 dollar jarimani o’z vaqtida to’lamaganligi sabab yuz berdi. Jarima nima uchun, deysizmi?
Aslida voqea o’tgan yilning noyabr oyida boshlangandi. Tartibbuzar chiqindini rasman ruxsat etilmagan paketda va ruxsat etilmagan kunda ko’chada qoldirganligi uchun maxsus xizmat vakillari tomonidan roppa-rosa 150 dollar jarima to’lashi to’g’risida ogohlantirilgan edi.
Biroq, jarima belgilangan muddatda to’lanmadi va oqibatda erkak ma’lum muddatni panjara ortida o’tkazishiga to’g’ri keladi.
Bundan jazoni vatanimizda ham joriy etish vaqti keldi, nazarimizda. Shunda har qadamda duch kelib ta’bimizni xira qiladigan tamaki yoki energetik ichimliklarning bo’shagan idishlari ariqlardagi suvlar o’rnini egallamasmidi?
Izohlarni ko`rish