* * *
Muallima.
— Bolalar, qaysi parranda inson uchun foydali hisoblanadi?
— Qovurilgani.
* * *
Ota o’g’liga dedi:
— Men bola ekanimda hech qachon yolg’on gapirmaganman.
— Unda qachon yolg’on gapirishni boshlagansiz?
* * *
Besh bolasi bor ayol katta do’konning liftiga chiqishgach, liftdagi kuzatuvchiga dedi:
— Bolalar bo’limiga!
Shunda bolalardan biri norozi ohangda g’udrandi:
— Oyi, biz kamlik qilyapmizmi sizga?
* * *
Tish do’xtiri mijozning ochiq og’ziga tikilib turib dedi:
— Men hech qachon bunday katta og’izni ko’rmaganman! Men hech qachon bunday katta og’izni ko’rmaganman!
— Do’xtir, nega bir gapni ikki marta takrorladingiz?
— Takrorlaganim yo’q. Bu aks sado!
* * *
Bosqinchidan sudya so’radi:
— Hayotda qanday maqsadni ko’zlab yashayapsan o’zi? Jamiyat uchun nima foyda keltirayapsan-a?
— Bu nima deganingiz? Men militsiya va sudyalarni ish bilan ta’minlayapman!
* * *
— Salom! Yazvangiz qalay?
— Bir haftaga onasinikiga ketdi!
* * *
— Dada, bugun avtobusda bir ayolning oyog’ini bosib oldim.
— U nima dedi?
— Bitta konfet berdi.
— Sen-chi?
— Men yana bir marta oyog’ini bosib oldim.
* * *
— O’g’lim, nega qurbaqani o’ldirding? Axir, onasi uning o’lganini ko’rsa yig’laydi-ku!
— Yig’lamaydi.
— Qaerdan bilasan?
— Onasiniyam o’ldirib bo’lganman.
* * *
Kimyo o’qituvchisi do’stlariga maqtanyapti:
— Bugun ikki yashar o’g’lim birinchi marta gapirdi.
— Nima dedi?
— Paraaminoarsenbenzolgidroxlorid!
* * *
Bolakay arvohlar bilan gaplasha oladigan folbinga dedi:
— Men bobomning ruhi bilan gaplashishni istayman!
Folbin ruhni chaqirgach, ovoz keldi.
— Salom, nevaraginam!
— Bobojon, salom! Qaerdan turib gaplashyapsiz men bilan?
— Narigi dunyodan turib!
— Vo, ja opqochasiz-a, bobo!.. Axir, siz hali o’lmagansiz-ku!
Olimjon HAYIT tayyorladi