World Happiness Report 2023 baxtli mamlakatlar reytingining yangi nashri e’lon qilindi. O’zbekiston ushbu reytingda 1 pog’ona pastlab, 54 o’rinni egalladi.
Hujjatni ishlab chiqishda ekspertlar asosan aholi daromadlari, sog’liq, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, bandlik va korrupsiya darajasi kabi ko’rsatkichlarni hisobga olgan. Bundan tashqari, reytingda mamlakatda fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va kelajakka ishonch hissi mavjudligi, shuningdek, oilalarning barqarorligi ko’rsatkichlari ham inobatga olinadi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda Finlyandiya ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa davlatlarga qaraganda ancha ilgarilab ketgan. Skandinaviya mamlakatidan tashqari beshlikda Daniya, Islandiya, Isroil va Niderlandiya qayd etilgan.
Kuchli o’nlikka Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya ham kirgan. Rossiya 70-o’rinni, Ukraina esa 92-o’rinni egallagan.
Shu bilan birga, Afg’oniston (137-o’rin) va Livan (136-o’rin) dunyodagi eng baxtsiz davlatlar sifatida tan olingan.