Amerikaning San-Xuanadan Fort-Loderdeylga qarab uchayotgan “JetBlue” samolyoti bortida ayni parvoz vaqti chaqaloq dunyoga keldi.

Aviakompaniya matbuot kotibi Jen Dangning so’zlariga ko’ra, o’sha samolyotda bo’lgan tibbiyot xodimi ayolga tug’ruq payti yordam bergan.

“JetBlue” xodimlari chaqaloqning ahvoli yaxshiligini ta’kidlashmoqda. Endi ushbu samolyot eng kichik mijozining ismi bilan atala boshlanadi.