Dog’istonda bo’lib o’tgan to’y marosimida kelinning guldastasi kimga tegishi ustidan katta janjal kelib chiqdi. Bir-birining sochlariga yopishayotgan ikkita kelin dugonalarni atrofdagilar ajratib qo’ymaganida tortishuv salbiy asoratlarni keltirib chiqishi tayin edi. Tortqilash davomida kelin dugonalaridan biri guldastani sochib yuborgan. Yigitlar esa ularga qarsak chalib, olqishlab turishgan.

Irim-sirimlarga ko’ra, guldastani birinchi bo’lib qo’lga kiritgan qizning tez orada to’yi bo’ladi.