Mazkur tarixiy majmuada faoliyat olib borgan insonlar signalizatsiya ishlab ketganidan so’ng 23 daqiqa davomida yong’in kelib chiqqan joyni o’zlari topmoqchi bo’lishgan.
«Yong’in signalizatsiyasi birinchi marta Parij soborida dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:20da chalingan. Biroq bu muhim daqiqalarda ishchilar o’t o’chiruvchilarni chaqirish o’rniga, o’zlari yong’in o’chog’ini mustaqil topmoqchi bo’lishgan», – deyiladi xabarda.
Yuqori qavatdagi yong’in o’chog’i ikkinchi signal chalinganidan so’nggina, ya’ni 18:43da topilgan.
Parij prokurori Remi Eytzaning so’zlariga ko’ra, odamlar birinchi halokat chaqiruvidan so’ng evakuatsiya qilina boshlangan.
Sobor organchisi Iogann Vezoning e’tiroficha esa, birinchi chaqiruvda hatto tutun hidi ham chiqmagan.