JIRAFA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Jirafa yer yuzidagi eng bo’ydor hayvon hisoblanib, uning bo’yi 5,5-6 metrgacha yetadi.

2. Jirafaning bo’yin qismida 7 ta umurtqa mavjud.

3. Yoshi ulug’ jirafaning sof vazni 1 tonnagacha yetadi.

4. Jirafaning yuragi 10-12 kilogrammga teng.

5. Bo’yin qismiga umumiy vaznining 20-25 foizi to’g’ri keladi.

6. Jirafa baland to’siqlardan ham sira qiynalmasdan sakrab o’tadi. Uning eng balandga sakrash imkoniyati 1,85 metrni tashkil etgan.

7. Ovqat izlash bahonasida jirafalar 50-100 kvadrat kilometr maydonni aylanib chiqadi. 10-15 kunlab suv ichmasdan yashashga qodir. Asosiy namlikni o’simliklardan oladi.

8. Qarindoshlarini 1 kilometr uzoqlikdan taniydi.

9. Jirafaning qoni juda quyuq bo’ladi. Bu ham xudoning inoyati. Quyuq qon jirafaning hayoti uchun tug’iladigan xavfni bartaraf etadi. Aniqrog’i, agar boshqa jonzotlar kabi qoni suyuq bo’lsa, uzundan-uzun bo’ynini tiklab boshini ilkis ko’targanda, o’limga yuz tutishi mumkin edi.

10. Lotin tilida bu jonivorni “leopard-tuya” deb atashadi.

11. Jirafa hushtak chalishni, irillashni, sigir kabi mo»rashni qoyillatadi.

12. Jirafaning dunyoga kelgan farzandi ikki metr yuqoridan pastga tushadi.

13. Jirafa tik turgan holda uxlaydi. Ammo ularning uyqusi nari borsa 10-15 daqiqani tashkil etadi.

14. Ko’pchilik yirtqichlar jirafani o’lja sifatida tanlashga qo’rqadi. Chunki jirafa ularni orqa tuyoqlari bilan bir tepib o’ldirishi mumkin. Shu sababli sherlar jirafani suvga tushirib yiqitishga urinishadi. Negaki, jirafa suvda yiqilsa, o’rnidan turishi qiyin. Sherlar shundan foydalanib, uni o’ljaga aylantirishadi.

15. Jirafaning bolasi tug’ilgach, 1,5 soatdan keyin mustaqil yura boshlaydi.

16. Jirafa o’zining uzun tili yordamida quloqlarini ham tozalay oladi.

17. Jirafa yovvoyi tabiat qo’ynida o’rtacha 20-25 yil umr ko’radi.

18. Jirafaning terisi shu qadar qattiqki, unga oddiy shpris yordamida ukol qilishning sira imkoni yo’q. Shuning uchun veterinarlar jirafaga ukol qilishda ampula otadigan maxsus to’pponchadan foydalanadi.

19. Jirafa urg’ochisining homiladorlik davri 14 oy davom etadi.

20. Jirafaning ko’rish, eshitish, his etish qobiliyati juda yuqori darajada. Shu sababli u xavfni oldindan aniq sezib, ko’rib, eshitib, o’z vaqtida ehtiyotini qiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi