KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Og’ayni, bolalikdagi orzularingning birontasi ushaldimi?

— Ha, bittasi ushaldi.

— Qaysisi?

— Bolaligimda otam sochlarimdan tortib kaltaklasa, doimo kal bo’lib qolishni orzulardim.

 

* * *

 

Harbiyning xotini eridan so’radi:

— Nega menga uylangansiz?

— Sen bir paytlar o’tkir nigohlaring bilan menga bir o’q otgansan. Men ana o’sha o’qni qanday bo’lmasin zararsizlantirish payiga tushganman.

 

* * *

 

Pingvin bolasi barga kirib sotuvchidan so’radi:

— Dadamni ko’rmadingizmi?

— Yo’q, ko’rinishi qanaqaydi?

 

* * *

 

Ona kenguru bolasini urishyapti:

— Men senga karavotda ovqatlanishni ko’rsatib qo’yaman!

 

* * *

 

Qariya qo’shnisiga hasrat qilyapti:

— Ilgari erkaklar ayolni ko’rsa, bosh kiyimini yechardi. Endi bo’lsa, qulog’idan ashula eshitadigan simni yechadigan bo’lishibdi.

 

* * *

 

— Bilasanmi, men «Moskvich» eng sadoqatli mashina deb hisoblayman!

— Nega?

— Chunki, uni bir marta xarid qilasan-u, umringni oxirigachayam birovga sota olmaysan.

 

* * *

 

— Menga qara, bizning eng faol yo’l patrul xizmati xodimimiz qani?

— Ishda yonib ketibdi?

— Qanaqasiga?

— Ajdarning mashinasini to’xtatib, ichgan-ichmaganini tekshirish uchun puflatgan ekan.

 

* * *

 

Sichqon iniga hammayog’i tirnalgan holda kirib keldi-da, qarindoshlariga dedi:

— Qora mushukning baxtsizlik keltirishiga mana endi ishondim.

 

* * *

 

— Aytishlaricha, fillarni qo’lga o’rgatish osonroq ekan. Qo’lingga bolg’a olasan-da, xartumiga tushirasan. Shu zahoti o’tiradi.

— Lekin sirk sahnasida xartumiga urib bo’lmaydi-ku!

— Sirkda sekin qulog’iga shivirlasang kifoya.

— Nima deb shivirlayman?

— «Xartumingga bir tushiraymi?..», deysan.

 

* * *

 

Sudya sudlanuvchiga dedi:

— Siz bilan mana shu zalda yigirma yildan beri uchrashganimiz uchrashgan. Shu yillar orasida siz allaqachon tuzalishingiz mumkin edi.

— Ha, siz ham shuncha yil ichida hech bo’lmaganda sud raisi lavozimini egallashingiz mumkin edi.

Olimjon HAYIT tayyorladi