image0

Eng yaxshi sarmoya ta’limga qilingani, deyishadi. Ammo ba’zi maktablar haddan ortiq investitsiya talab qiladi. Ta’lim insoniyat uchun muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi, biroq u ultra-elita uchun status timsoli hamdir. Dunyoning eng qimmat maktablari faqat darsxonalari va kitoblarnigina emas, balki hashamat va hayotni o‘zgartiruvchi imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Maqolada dunyodagi eng qimmat maktablar haqida so‘z boradi.

1.  Institute auf dem Rosenberg – yillik to‘lov 175 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar1

Dunyodagi eng qimmat maktablar TOP o‘ntaligining sakkiztasi Shveysariyada joylashgan. O‘z o‘quvchilari uchun shohona sharoitlarni taqdim etuvchi Institute auf dem Rosenberg nafaqat mamlakatdagi, balki dunyodagi eng qimmat xususiy maktab hisoblanadi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar2

Eng qadimgi maktablardan biri bo‘lgan Institute auf dem Rosenberg 126 yil avval – 1899 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unda turli millatga mansub 230 ga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Bir sinf o‘rtacha atigi 8 nafar boladan iborat. O‘quvchilarga xalqaro miqyosdagi eng malakali o‘qituvchilar saboq beradi, bu esa ularni eng yaxshi natijalarga erishishga undaydi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar3

Maktabda darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham yuqori saviyada tashkil etilgan. O‘quvchilar ko‘pgina sport turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Shuningdek, ular yetuk shaxs sifatida shakllanishga yordam beradigan klublarda ishtirok etadi.

2.  Institut Le Rosey – yillik to‘lov 137 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar4

Institut Le Rosey narxi jihatidan dunyodagi eng qimmat xususiy maktablar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida turadi. Shveysariyaning Rol shahrida joylashgan ushbu maktab ham ko‘hna tarixga ega: 1880 yilda tashkil etilgan. U iste’dodga asoslangan ta’limga e’tibor qaratadi, ya’ni o‘quvchilar iste’dodini aniqlab, rivojlantiradi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar5

Bu maktab o‘quvchilari ikki tilda ta’lim oladi va bitirguncha kamida uchta xorijiy tilni o‘rgangan bo‘ladi. Maktab darsdan tashqari mashg‘ulotlarga ham katta e’tibor qaratadi, jumladan, sport, madaniy faoliyat, texnologiya va san’at. O‘quvchilar 30 tagacha sport turida eng yaxshi sharoit va jihozlar bilan shug‘ullanish mumkin.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar6

Maktabdagi yuqori ta’lim darajasi tufayli u ko‘plab mashhur bitiruvchilar bilan faxrlanadi. Institut Le Rosey butun dunyo bo‘ylab nufuzli oila farzandlariga ta’lim berishi bilan tanilgan va bu an’ana hali ham davom etmoqda.

3.  College Alpin International Beau Soleil – yillik to‘lov 143 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar7

Bu maktab 1910 yilda Madam Blutte Friyer tomonidan tashkil etilgan Shveysariyadagi eng nufuzli maktablardan biri bo‘lib, 11–18 yoshdagi o‘quvchilarga tahsil beradi. Alp tog‘lari bag‘rida joylashgan mazkur maktab o‘quvchilar uchun ko‘plab qiziqarli imkoniyatlar yaratadi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar8

Bu yerda o‘quvchilarga katta maqsadlar qo‘yish va ularga erishish ruhidagi yuqori darajali ta’lim beriladi. O‘quvchilar fransuz va ingliz tillarida shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturini oladi. 300 nafar o‘quvchidan iborat kichik miqyosli maktab bo‘lgani uchun, har bir o‘quvchiga individual e’tibor qaratiladi. Maktabda turli xil faoliyat turlari mavjud, o‘quvchilar hatto dunyoning mashhur joylariga sayohat qilish imkoniyatiga ham ega.

4.  La Garenne International School – yillik to‘lov 126 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar9

Shveysariyada joylashgan mazkur maktab 1947 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim beradi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar10Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar11

Maktabga hujjat topshirishdan oldin bola ikki hafta davomida bepul ravishda internat hayoti bilan tanishishi mumkin.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar12

Hozirda maktabda dunyoning 30 mamlakatidan 120 o‘quvchi tahsil olmoqda. Boshqa xalqaro maktablardan farqli ravishda La Garenne International School’da ikki asosiy tilning biri nemis emas, fransuz tili hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari xalqaro sayohatlar orqali dunyoni kashf qiladi.

5.  Aiglon College yillik to‘lov – yillik to‘lov 123 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar13

Aiglon College Shveysariyaning Voudidagi go‘zal tog‘li hududida joylashgan. Maktab 1949 yilda Jon Korlet tomonidan tashkil etilgan va bugungi kunda Shveysariyaning eng nufuzli xususiy maktablaridan biri hisoblanadi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar14

Unda 65 dan ortiq millat vakillari ta’lim oladi. 443 nafar o‘quvchining 85 foizi internatda yashab ta’lim oladi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar15

Maktabning eng katta ustunligi – akademik mukammallik. U o‘quvchilarga yuqori sifatli o‘quv dasturi orqali ta’lim, shuningdek, darsdan tashqari tajribaviy o‘rganishga ham katta ahamiyat beradi. Maktab, ayniqsa, qishki sport turlari borasida mashhur.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar16

O‘quvchilar nemis, ispan, fransuz, italyan, xitoy, rus, arab va yapon tillarini o‘rganadi.

6.  Leysin American School – yillik to‘lov 111 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar17

Shveysariyada joylashgan navbatdagi eng qimmat maktablardan yana biri – 1960 yilda Fred Sigrid tomonidan tashkil etilgan Leysin American School. Maktab binosi juda zamonaviy bo‘lib, o‘quvchilar o‘z uyidek his qiladigan darajada qulay.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar18Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar19

Bu yerda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan taxminan 350 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktabda sportga alohida e’tibor beriladi, ayniqsa chang‘i sport turlari mashhur. Shuningdek, basketbol, gimnastika, xokkey va suzish kabi boshqa sport turlari ham mavjud.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar20

Ta’lim sifati yuqori bo‘lib, ingliz tilida olib boriladi. O‘quvchilar ijodkorlikka va innovatsion fikrlashga o‘rgatiladi. Maktabda teatr, kutubxona, bir nechta media markaz va kompyuter laboratoriyalari kabi zamonaviy qulayliklar mavjud.

7.  Le Régent International School – yillik to‘lov 114 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar21

Eng qimmatlar ro‘yxatidagi eng yosh maktab 2015 yilda tashkil etilgan, lekin qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar22

Le Régent International School nomli ushbu maktab Alp tog‘lari yuragida joylashgan va go‘zal manzara bilan bir qatorda zamonaviy sharoitlarga ham ega.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar23

Bu yerda 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan o‘quvchilar tahsil oladi. Ularga xalqaro miqyosdagi ustozlar ta’lim beradi. Maktab o‘quvchilarga sport, san’at va sayohatlar orqali tashqi dunyoni o‘rganish imkonini beradi.

8.  Shortridge Academy – yillik to‘lov 110 ming AQSH dollari

Shveysariyada joylashmagan ro‘yxatdagi ilk maktab AQSHning Nyu-Hempshir shtatidagi Milton shahrida joylashgan. Shortridge Academy’ning o‘ziga xosligi shundaki, u terapevtik maktab hisoblanadi va ruhiy salomatlik muammolariga duch kelgan o‘quvchilarni qabul qiladi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar24

Maktab 2002 yilda tashkil etilgan va metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘qitish uslubidan foydalanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilib, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga yordam beriladi.

Maktabda turli to‘garaklar va darsdan tashqari faoliyatlar mavjud.

9.  St. George’s International School – yillik to‘lov 108 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar25

St. George’s International School 1927 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Shveysariyadagi eng nufuzli xususiy maktablardan biri hisoblanadi. Maktabning kuchli tomoni o‘quvchilarga kompleks yondashuv orqali ta’lim berish bo‘lib, bu ularni yuqori akademik natijalarga erishishga undaydi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar26

Bu yerda tajribali o‘qituvchilar faoliyat olib boradi, individual o‘quv tizimi orqali har bir o‘quvchining ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Maktabda darsdan tashqari faoliyatlar ham keng qamrovli. O‘quvchilar Alp tog‘larining tabiiy go‘zalligidan bahramand bo‘lishi mumkin. Ular futbol, tennis, basketbol, voleybol, badminton, yengil atletika va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanadi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar27

Shuningdek, turli klub va qiziqarli mashg‘ulotlar ham mavjud bo‘lib, bu ularning o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

10.   Hurtwood House School – yillik to‘lov 104 ming AQSH dollari

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar28

Angliyaning Surrey hududida joylashgan Hurtwood House School ushbu ro‘yxatdagi ko‘p maktablardan farqli o‘laroq, faqat olti yillik (Sixth Form) bosqichdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, o‘quvchilar faqat o‘rta maktabning so‘nggi ikki yilini shu yerda o‘qiydi. Maktab maqsadi – o‘quvchilarga universitetga o‘tish uchun ilhomlantiruvchi, ammo xavfsiz muhit yaratish.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar29

O‘quvchilar bu yerda 22 ta O-level fanini istalgan kombinatsiyada o‘qishi mumkin. Bu tizim ularga maqsadga mos kasb tanlash imkonini beradi. O‘quvchilarning A-level imtihonlaridagi A-B darajadagi natijalari 82 foizni tashkil qiladi va ular eng nufuzli universitetlarga kiradi.

Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar30Dunyodagi eng qimmat TOP o‘nta maktablar31

Internatdagi hayot juda sifatli bo‘lib, o‘quvchilarga turli sport va hordiq chiqarish imkoniyati beriladi. Bu yerda 20 dan ortiq sport turi bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy sharoitlar mavjud.