Issiq o’lkalarda o’sadigan meva daraxtlarining ba’zilarini non daraxti deb atashadi. Buning boisi shuki, bu daraxtlar serhosil, mevalari bir yo’la yoppasiga yetilmay, birin-ketin pishadi, uning mevasi non o’rnida iste’mol qilinadi. Non daraxtining 15 – 20 yoshlik rasmana bir tupi 1 – 2 kishini, 5 – 6 tupi esa katta bir oilani bemalol bir yil boqa oladi. Non daraxti Osiyoning sharqi va janubidagi orollarda istiqomat qiluvchilarning qadim zamonlardan beri ishongan va tayangan osh-noni bo’lib kelmoqda. Non daraxti o’sadigan orollarda istiqomat qiluvchilar non daraxti haqida «… bizga non, kon, soya va kiyim-kechak beradi» deyishadi.
Izohlarni ko`rish