Turkiyaning Edirna shahrida yashovchi fuqaro bundan 37 yil avval qutqarib olgan oqqush bilan do’stlashib oldi, Bu haqda Independent nashri xabar beradi.
Rejep Mirzan 1984 yilda do’stlari bila mashinada ketayotgan vaqti maydondagi qanotlari singan oqqushga ko’zi tushgan va uni yirtqichlardan qutqarish uchun uyiga olib kelgan.
Shundan buyon 63 yashar Mirzanning fermasida yashaydigan qush undan bir qadam ham uzoqqa ketmaydi. «Uyida ish qilganida va kechki ziyofatga ketayotganida ham u bilan birga. Bundan tashqari, oqqush fermada yashaydigan boshqa mushuk va kuchuklar bilan ham do’stlashib olgan», — deyiladi xabarda.
«Biz bir-birimizga o’rganib qolganmiz, hech qachon ayrilmaganmiz», — deydi Mirzan. Qushni Garip deb atagan erkak, uni o’z bolasidek ko’rishini qo’shimcha qiladi.