O‘zgidromet 28 aprel -1 may kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekistoning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha issiq bo‘ladi.
29-30 aprel kunlari havo harorati pasayadi, 30 aprel kuniga borib harorat 25-30 darajani tashkil etadi. Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxiriga borib havo 30-33 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga, 29 aprel kuni 15-20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, 1-2 may kunlari Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-30 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 28-30 aprel va 1-2 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga 31-33 daraja, 30 aprel kuni 26-28 daraja issiq bo‘ladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha ko‘tariladi.