Ukrainaning Antarktidadagi Akademik Vernadskiy stansiyasi hududida qor o’z rangini o’zgartirdi. Bu haqda Milliy Antarktika ilmiy markazi ma’lum qildi.
Xabarlarga ko’ra, qor rangi pushti va yashil rangga o’zgargan.
«Bunday rangga kirish qor tagida mikroskopik suv o’tlari rivojlanishi sabab yuz bergan. Suv o’tlari haddan tashqari sovuq haroratdan qo’rqmaydigan va uzoq qish davomida qorda yashay oladigan sporalar bilan ko’payadi. Ob-havo sharoiti qulay bo’lganda, sporalar unib chiqa boshlaydi», – deyiladi xabarda.
rbc.ru
Izohlarni ko`rish