image0

O‘zgidromet 26-27 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, dam olish kunlari issiq biroz pasayishiga qaramay, O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari 38-40 daraja atrofida, respublika janubida 41-43 darajashgacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

27 iyul kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Harorat kunduz kunlari 26 iyulda 38-40 daraja, 27 iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja bo‘ladi.