Vazifani bajarishdan oldin, qaysi yomon xislatlardan qutulishni aniq qilib yozib olishimiz juda muhim rol o’ynaydi.(chekish, yolg’on so’zlash, ko’p pul ishlatish)
Endi oq qog’oz va ruchka oling va qog’ozga shu xislatlardan qutilsangiz qanday yengillik va afzalliklarga ega bo’lishingizni aniq yozib chiqing:
qancha pul tejaysiz;
qanchalik yoqimliroq va sog’lom bo’lasiz;
boshqalar bilan muloqot qanchalik yengillashardi;
qancha yangi imkoniyatlar ochiladi.
Doim yozayotganda aniq va to’g’ri yozishga harakat qiling.
Har safar yomon xislatlaringizga qaytmoqchi bo’lganingizda odatiy ish qilmoqchiligingizda ishonch bilan, aniq va baland ovozda o’zingizga ayting:
«Men ozodman. Orzuyim sari yo’l ochiq. Men xotirjamman. Mening hayotim va taqdirim o’z qo’limda».
Agar sizni yomon xislatlar yanada kuchliroq tortayotgan bo’lsa, unda barcha narsadan ma’lum bir pauza qiling va o’zingizga ayting, misol uchun: «Menda chekishga xohish paydo bo’lmoqda, chunki bu – o’rganib qolgan odatim», «Mening botiniy ongim – muvaffaqiyat yo’limdagi hamkorim!»
O’zingizni urushmang – siz uzoq yo’lga tushgansiz, lekin qadamma-qadam uni bosib o’tasiz.
Tezkor natija – doim ham yaxshi natija emas.
O’zingiz qaroringizda qat’iy bo’ling va muvaffaqiyat kutishga majbur qilmaydi.
O’zingiz haqingizda ko’proq pozitiv o’ylashni boshlang. Negativ odatlarni pozitiv odatlar bilan birgalikda yenging.
Hayotingizda chindanam nimadur katta o’zgarishini kutmasdan POZITIV FIKRLAShNI HOZIROQ BOShLANG…
loading…