Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!

Yosh taqdirni belgilaydigan sohada aktrisalar tobora ko’proq tug’ilgan yillarini yashirishga urinmoqda. Albatta, aktrisalar tashqi ko’rinishi juda yaxshi bo’lishi bilan birga, o’zini bir-ikki yilga yoshroq ko’rsatishni afzal biladi.

Katrina Kaif

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!
Bollivud yulduzining haqiqiy yoshi muhr ortidagi sir. Times Of India nashriga bergan intervyusida Katrina Berlin devori qulaganda 8 yoshda ekanligini aytdi. Shunga asoslanib, uning tug’ilgan yili – 1981. Bu uning yoshi 40 da ekanligini bildiradi. Matbuot anjumanlaridan birida Katrin bir marta shunday dedi: «Akshay va Salmon bilan suratga tushganim meni qaritmaydi. Men Ranbirdan yoshman». Ammo Ranbir 1982 yilda tug’ilgan, ya’ni Katrina aslida undan katta. Qizig’i shundaki, Dipika Katrinaning pasportini ko’rishni xohlaydi, u buni shoulardan birida aytib o’tgan.

Bipasha Basu

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!
Bipasha Basuning sirli yoshi haqidagi qiziq voqea bundan bir necha yil oldin, aktrisa o’zini 28 yoshda deb aytganida sodir bo’lgan. Aynan shu paytda u bilan o’sha maktabda birga o’qigan qizlardan biri ommaviy axborot vositalariga Bipasha undan uch yoshga katta ekanligini va hech qanaqasiga 28 yosh emasligini ochiq aytgan. IMDB ma’lumotlariga ko’ra, Bipasha hozir 42 yoshda, lekin 45 yoshda bo’lishi ham mumkin.

Madxuri Dikshit

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!
Vikipediyaning ta’kidlashicha, Madxuri Dikshit 1967 yilda tug’ilgan, demak u hozir 54 yoshda. Biroq bunday emas. Aktrisa o’zini 4 yil davomida «hisobdan chiqarib tashlagan» va aslida u Shridevi bilan tengdosh. Bu Madxurining sobiq sinfdoshlari internetda uning yoshi haqidagi ma’lumotlarni «tarqatib yuborganida ma’lum bo’ldi.

Juhi Chavla

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!

Ma’lum bo’lishicha, Juhi Chavla ham o’zini bir yoshga yashartirgan. Endi uning tug’ilgan yili hamma joyda 1967 yil sifatida ko’rsatilgan, lekin agar bu rost bo’lsa, unga 1984 yilda «Dunyo go’zali» tanlovida qatnashishga ruxsat berilmagan bo’lardi. Chunki unda faqat 18 yoshdan oshgan qizlar qatnashishi mumkin. Juhi esa atigi 17 yoshda bo’lgan. U bu tanlovda qatnashgan va hatto eng yaxshi milliy libos uchun sovrinni qo’lga kiritgan, demak u o’sha paytda kamida 18 yoshda edi.

Gauhar Xon

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!
Bigg Boss realiti-shousining yettinchi mavsumi g’olibi (2013) va aktrisa Gauhar Xon yosh teledasturchi Kaushal Tandonga bo’lgan muhabbatidan shunchalik ilhomlanganki, u necha yoshda ekanligini eslay olmaydi. Dasturda u 29 yoshda ekanligini aytdi, lekin 2011 yilda yigirma to’qqiz yoshini «Xon opa-singillari» realiti-shousida nishonlaganini umuman unutgan chog’i.

Kangana Ranaut

Nega yulduz ayollar yoshlarini sir tutishadi?!
Kangana o’zining 6 yoshini hisobdan chiqarib tashlagan. U 28 yoshga to’lganida o’zining 22 yoshda ekanini aytdi. Biroq tez orada haqiqat oshkor bo’ldi. Mashhur manba shunday yozdi: «Biz uning pasportini ko’rdik, unda 1981 yilda tug’ilganligi aniq ko’rsatilgan. Kangananing aytishicha, u 1987 yilda tug’ilgan. Biz u yoshini nega yashirganini bilmaymiz, lekin o’zi aytganidek u 22 yoshda emas. Aytgancha, mart oyida aktrisa o’zining «34 yoshini» nishonladi. Aslida u 40 yoshga kirgan.