“Netflix”da mashhur “Hammamiz o'ldik” seriali bosh qahramoni o'zbekistonlik

Taqdimotning ilk kunlaridayoq “Netflix” striming platformasidagi xalqaro reytingda yetakchilikni egallab olgan “Hammamiz o’ldik” serialida 19 yoshdan 23 yoshgacha bo’lgan aktyorlar suratga tushgan. Serial muxlislari bosh rol ijrochisi Lomonning aslidao’zbekistonlik ekanligini aniqladilar.

“Netflix”da mashhur “Hammamiz o'ldik” seriali bosh qahramoni o'zbekistonlik

Li Su Xyok rolini gavdalantirgan Pak Solomon 1999-yilda O’zbekistonda dunyoga kelgan. Yosh ijodkor 5-sinfda tahsil olayotgan vaqtida oilasi bilan birga Koreyaga ko’chib ketadi. Pak Solomon ayni vaqtda Lomon taxallusi bilan ijod qilmoqda.

“Netflix”da mashhur “Hammamiz o'ldik” seriali bosh qahramoni o'zbekistonlik

Yosh aktyor ilk marta 2014-yilda “Yuz yillik kelin” va “To’rt afsonaviy jodugar” seriallarida suratga tushgan, “Qasos daftari” serialida Chji Xun obrazini gavdalantirgan.

“Netflix”da mashhur “Hammamiz o'ldik” seriali bosh qahramoni o'zbekistonlik

EslatibO’tamiz, “Hammamiz O’ldik” seriali zombilar bosh ko’targan vaqtda maktab ichida qolib ketgan o’quvchilarning yashash uchun kurashlari haqida hikoya qiladi. U taqdimotdan keyin sanoqli kunlar ichida “Netflix” striming platformasining xalqaro reytingidagi birinchi o’rinni egallab oldi.