MUZQAYMOQ TARKIBIDA NIMA BOR?

Ma’lumki, muzqaymoq butun dunyoda eng ommalashgan xushxo’r, mazali yeguliklardan biridir. U jazirama ob-havoda a’zoi-tanani nafaqat “sovutadi”, balki yo’qotilgan kuch-quvvatni tezda tiklash xususiyatiga ega.

– Muzqaymoq stresslardan himoya qilib, uyqusizlikdan asraydi.

– Muzqaymoq tarkibida A, V, D, R, Ye singari darmon-dorilar, salmoqli miqdorda temir, kaliy, magniy, natriy, fosfor kabi ma’danlarni saqlaydi.

– Muzqaymoqni yeyish – tomoqni chiniqtirish, demakdir: tomoqni past haroratga o’rgatib, chiniqtiradi va mahalliy immunitetni ishlab chiqarishga undaydi.

– Sog’liqqa zarar qilmasligi uchun muzqaymoqni sekin, kichik-kichik luqmadan iste’mol qilib turish talab etiladi.