Google kompaniyasi yil yakunlarini sarhisob qildi va 2025 yilning eng mashhur so‘rovlari hamda eng ko‘p qidirilgan shaxslarni e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya tahlilchilarining aytishicha, bu yil Google’da eng ko‘p izlangan so‘z Gemini bo‘lgan – bu Google ishlab chiqqan sun’iy intellekt xizmati. Ikkinchi o‘rinda “Hindiston – Angliya” so‘rovi turadi. Gap ikki davlat terma jamoalari o‘rtasidagi kriket bo‘yicha o‘yinlar seriyasi haqida ketmoqda. Uchinchi o‘ringa esa Charli Kirk nomi chiqqan – u joriy yilning 10 sentyabr kuni ommaviy tadbir chog‘ida otib o‘ldirilgan yosh amerikalik siyosatchi edi.
Umuman olganda, 2025 yilda Google’dagi top-10 trend so‘rovlari quyidagicha:
- Gemini;
- Hindiston – Angliya;
- Charli Kirk;
- Klublar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati;
- Hindiston – Avstraliya;
- DeepSeek;
- Kriket bo‘yicha Osiyo chempionati;
- Eron;
- iPhone 17;
- Pokiston va Hindiston.
Yilning eng mashhur yangiliklari bo‘yicha foydalanuvchilar eng ko‘p Charli Kirkning o‘ldirilishi haqidagi xabarlarni izlagan. Shuningdek, top-5 likka Eron-Isroil urushi, AQSHda hukumat ishining to‘xtatilishi, yangi Rim Papasi saylovi va Los-Anjelesdagi yong‘inlar kirgan.
Eng ko‘p qidirilgan 10 yangilik ro‘yxati:
- Charli Kirkning o‘ldirilishi;
- Eron;
- AQSH hukumatining ishini to‘xtatib turishi;
- Yangi Rim Papasining saylovi;
- Los-Anjelesdagi yong‘inlar;
- “Melissa” to‘foni;
- AQSHda TikTok’ning bloklanishi;
- Nyu-York meri saylovida Zohran Mamdani g‘alabasi;
- AQSHda USAID dasturining yopilishi;
- Kamchatkadagi zilzila va sunami.
2025 yilda eng ko‘p qidirilgan shaxslar ichida birinchi o‘rinni 20 yoshli amerikalik qo‘shiqchi D4vd (Devid Berk) egallagan. U 14 yoshli qizning o‘limi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida e’tiborga tushgan.
To‘liq top-10 shaxslar ro‘yxati:
- D4vd;
- Kendrik Lamar;
- Jimmi Kimmel;
- Tayler Robinson (Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanuvchi);
- Rim Papasi Lev XIV;
- Sheder Sanders (amerika futboli o‘yinchisi);
- Byanka Kensori (dizayner, Kane Uestning rafiqasi);
- Zohran Mamdani (Nyu-Yorkning saylangan meri);
- Greta Tunberg;
- Sanae Takaiti (Yaponiya Bosh vaziri).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Kembrij lug‘ati “parasotsial” so‘zini 2025 yilning so‘zi deb e’lon qilgandi.


