KUN KULGISI!!!

***

Ko’p xotinli arab shayxi xotinlaridan biriga dedi:

— Sening ko’zlaring xuddi yarim tundagi yulduz kabi charaqlab turadi. Lablaring esa qimmatbaho toshlar kabi bebaho… Qolgan kundoshlaringgayam shu gapimni yetkazib qo’y!

 

***

Millionerdan so’rashdi:

— Siz qanday boyib ketgansiz?

— Xotinimning sharofati bilan.

— Qanaqasiga?

— Menga qancha boylik to’plasam, u “Pul bering” deyishni bas qilishi qiziq tuyulgandi.

 

***

O’quvchi maktabdosh do’stiga dedi:

— Bir kuni muallimamiz mening inshoimga “ikki” baho qo’ygan.

— Nega?

— Men inshodagi “Yozni qanday o’tkazdingiz?” degan savolga “Rahmat, yaxshi” deb  javob yozgandim.

 

***

Ikki dugona suhbatidan:

— Kecha avtobusga chiqsam, baravariga uch yigit menga joy bo’shatdi!

— Qara-ya… Ilgari ikki kishilik joygayam sig’ib ketaverarding.

 

***

Advokatdan so’rashdi:

— Bir savolga javob berganingiz uchun qancha haq olasiz?

— Yuz dollar.

— Namuncha qimmat?

— Ha, qimmat. Xo’sh, uchinchi savolingiz nima?

 

***

Tamaki mahsulotlari do’konida.

Uchuvchi kirib keldi.

— Menga o’zimiznikidan bering!

Sotuvchi unga “Tu-154” tutqazdi. Ketidan fazogir kirdi.

— Mengayam o’zimiznikidan bering!

Sotuvchi unga “Kosmos” tutqazdi.

Chegarachi kirdi.

— Menga o’zimiznikidan bering!

Sotuvchi “Drug” sigaretini berdi.

Oxirida qamalib chiqqan jinoyatchi kirdi.

— Menga o’zimiznikidan ber!

Sotuvchi:

— Kechirasiz, o’zingizniki qaysi?

— Vey, Belomorkanalni enang qurganmi-a?

 

***

Yigit ijaraga kvartira olib uy bekasiga yanada yoqib tushish uchun dedi:

— Ilgarigi turgan uyimning bekasi men chiqib ketayotganimda dod solib yig’lagandi.

— Xavotir olmang, menga ijara haqini oldindan to’lab qo’yasiz.

 

***

Er iti bilan ko’chada sayr qilib uyga qaytgach, xotiniga dedi:

— Vey, xotin, itimizga hayronman. Yo’l bo’yi tinimsiz uvillab, arqonni tortqilab, xuddi nimadir demoqchiday bezovtalanib keldi-ya!

— Ha, u “Men birovning itiman” demoqchi bo’lgan.

 

***

Ko’p qavatli uylarning birida bir ism-familiyali ikki erkak yashardi. Kunlardan bir kuni ulardan biri Afrika sayohatiga ketdi. Hech qancha o’tmay, ikkinchisi olamdan o’tdi. Ammo Afrikaga ketganning maktubini pochtachi adashib olamdan o’tganining xotiniga keltirib berdi. Maktubda shunday so’zlar yozilgandi:

— Xotinjon, men eson-omon yetib oldim. Sharoitlari zo’r ekan. Ko’rishguncha.

 

***

Avtobusda.

— Kechirasiz, hozirgi bekatda tushasizmi?

— Yo’q, tushmayman.

— Afsus… Yaxshi bekat edi.