O‘zgidromet 12-15 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, faqat 14 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-14 dekabrda 3-8° iliq, 15 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda yomg‘ir yog‘adi. 13 va 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 2-7° iliq, 13-15 dekabrda 0-5° iliq, kunduzi 12-13 dekabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 14-15 dekabrda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, faqat 14 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-14 dekabrda 3-8 daraja iliq, 15 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 4-9 daraja iliq, 13-15 dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 12 dekabrda 11-16 daraja iliq bo‘ladi, 13-15 dekabrda asta-sekin 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12 dekabrda 4-9° iliq, 13-15 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 12 dekabrda 14-19 daraja iliq, 13 dekabrda 11-16 daraja iliq, 14-15 dekabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 12 dekabrda ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-13 dekabrda 8-13 daraja iliq, 14-15 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 12 va 14 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.


