Bugun, 10 dekabr kuni kuchli qor yog‘ishi sababli "Qamchiq" dovoni noma’lum muddatga yopildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli qor yog‘ishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘chki xavfi yuzaga kelganini inobatga olib, 10 dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab “Qamchiq” dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
“Dovon yo‘li ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.


