Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning qallig’i Kerri Saymonds 2021 yil 29 may kuni Londondagi Vestminster soborida yashirincha nikohdan o’tdi. Tantanali marosimga koronavirusga qarshi cheklovlar tufayli 30 kishidan ko’p bo’lmagan eng yaqinlar taklif qilindi.
Bosh vazirning nafaqat nikoh marosimi, balki kelinning to’y libosi ham ajoyib edi. Gretsiyaning Christos Costarellos brendiga tegishli to’rli bezak va gulli kashtalar bilan tikilgan kelin libosi 2870 funt (4080 dollar) ni tashkil qiladi, ammo Saymonds bu libosni sotib olmagan – u atigi 45 funt (64 dollar)ga uni ijaraga olgan. Jonson va Saymondsning nikohi haqidagi yangiliklardan so’ng xuddi shunday libos chakana sotuvchilarning Modesens va Net-a-Porter saytlarida kun davomida sotilib ketilgan.
Jonson va Saymonds 2020 yil fevralidan buyon unashtirilgan edi va juftlik 2020 yilning aprel oyida o’g’il ko’rgan. Bosh vazir uchun bu uchinchi nikoh bo’lsa, Saymonds uchun birinchisi. Jonson lavozimini egallagandan keyin turmush qurgan ikkinchi bosh vazir bo’ldi – birinchisi 1822 yilda uylangan Robert Jenkinson edi.