Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Zerikarli ensiklopedik material qarshingizga buyuk insonlar haqidagi kerakli ma’lumotlarni taqdim qiladi-yu ammo eng qiziqarli narsalarni aytmaslik yo’lidan boradi. Buning sababi mutaxassislar tomonidan ushbu faktlarning befoyda deya topilganidir. Ammo buyuk insonlar hayotini o’rganar ekansiz, ularga tegishli kichik detallarni ham ko’zdan qochirish yaramaydi. Balki ushbu mayda faktlar orqali ham tarixiy shaxslar haqidagi ko’p narsani bilib olsa bo’lar?
Aslini olganda sirli ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlar o’sha inson haqida ko’proq o’rganish va izlanishga majbur qiladi. Bu esa bilimga chanqoq insonlar uchun ayni muddaodir. Umid qilamizki, ushbu maqolani mutolaa qilgach, yana bir necha kitobni o’qish uchun sizda istak paydo bo’ladi.

Napoleon Bonapart

Napoleon Korsika orolining Ayachcho hududida tug’ilgan bo’lib, uning barcha ajdodlari florensiyaliklar bo’lishgan. Shu sababni uni fransuz emas, italiyalik, aniqrog’i korsikalik deb atash mumkin. Napaleon yoshlik paytlarida maktabda italyan tilini o’rgangan, fransuz tilini esa 10 yoshga kiribgina o’rgana boshlagan.

Bonapart Fransiya va Italiya imperatori sanalgan. Shu sababli Italiyaning bayrog’i ishlab chiqilayotgan paytda ish boshida turgan, asos sifatida esa Fransiya bayrog’idan foydalanganlar. Bu o’rindagi yagona o’zgarish moviy rangning yashilga almashtirilishi bo’lgan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Avraam Linkoln

Avraam Linkoln Amerika Qo’shma Shtatlarining eng mashhur prezidentlaridan biri edi. U yoshlik paytlarida tajribali kurashchi bo’lgan. U ko’p hollarda olomonga qarata ularni kurashishga chaqirgan, istalgan odam bilan kuch sinashishi mumkinligini aytgan. Aynan shu kabi harakatlari sababli unga «Kurashchilar shuhrati» milliy zalidan joy ajratganlar. Uning kurashchi sifatidagi laqabi «Haqqoniy Eyb» bo’lib, hamisha o’z qarzlarini to’lig’icha qaytarish odatini sababli ham mazkur nomga munosib ko’rilgan.Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Janna d’Ark

Janna d’Ark yashagan zamonlarda sochlari qirqilgan qizlarni uchratish deyarli imkonsiz edi. Ma’lumotlarga ko’ra, Janna allaqanday turtki sabab bu ishni birinchilardan bo’lib sinab ko’rgan. Oradan 500 yil vaqt o’tib fransuz qahramoni haqidagi ushbu fakt polshalik sartaroshlardan birini ilhomlantirib yuborgan va buning oqibatida sartarosh mashhur «Bob» turmagini yaratgan.Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Albert Eynshteyn

Buyuk fizik 1955 yilda yorug’ olamni tark etgan. Uning o’lim sababi aorta tomirining yorilishi bo’lib, ushbu natija patologoanatom Tomas Xarvi tomonidan ma’lum qilingan. Ammo Xarvi fizikning o’lim sababini topish bilan cheklanmagan ekan. U olimning miya qismini o’rganib, uni bosh suyagidan ajratib olgan va bo’sh qolgan sohani balzam bilan to’ldirgan. Eng qizig’i, oddiy odamlarning miyasi og’irligi 1400 grammga teng bo’lsa, Eynshteynda bu ko’rsatkich 1230 grammni tashkil qilgan.Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Merilin Monro

Tarixning eng go’zal va omadli aktrisalaridan biri bo’lmish Merilin Monroning taqdiri juda og’ir hamda baxtsiz edi. Uning onasi uzoq vaqt davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan, shu sababli qiz yetimxonada ulg’aygan. Uni 11 marta turli oilalar asrab olmoqchi bo’lishgan, ammo har safar yetimxonaga qaytarib olib kelaverganlar.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Karl VII

Ko’pchilik uchun tanish bo’lgan «Qirol o’ldi, yashasin qirol!» jumlasi ilk marta Karl VII ning toj kiydirish marosimida aytilgan. Bu hodisa 1422 yilda sodir bo’lgan edi. Mashhur jumlani avvalgi qirolni dafn etayotgan paytda aytishgan. Uning ma’nosi esa qirollikning bir odamdan ikkinchisi qo’liga o’tishini anglatgan.Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Charlz Darvin

Bizuchun mahur nazariya orqali tanish bo’lgan olim aslida biologiya sohasida maxsus ma’lumotga ega bo’lmagan. Maktabni bitirgan Darvin oilaviy an’anani davom ettirish uchun tibbiyot sohasiga, Edinburg universitetiga o’qishga kiradi.

Ammo tez orada tibbiyot sohasini ham tashlab ketadi. Boisi olim qondan haddan tashqari qo’rqar edi.

Balki bu siz uchun yangilik bo’lar, ammo Charlz Darvin hech qachon odamning maymundan tarqalganini tasdiqlamagan. U shunchaki odamlar va odamsimon maymunlarning umumiy ajdodi bo’lishi mumkinligi haqida tahmin qilgan, bu esa bir-biridan butunlay farqli tushuncha.Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Yuliy Sezar

Yuliy Sezar hamisha va har yerda lavr yaproqlaridan tayyorlangan gulchambar taqib yurgan. Hukmdor bu orqali sochlarining to’kilayotganini berkitmoqchi bo’lgan ekan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….

Volter

Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Volter qahva ichishni juda ham yaxshi ko’rgan. U kuniga 50 finjon qahvani paqqos tushirardi. To’g’ri, bu biz uchun odatiy qahva emas, shokolad va qahvali qorishma bo’lgan. Bu kabi tetiklashtiruvchi ichimlikka ro’ju qo’ygan faylasufga qarata atrofdagilar uning tez orada o’lishini bashorat qilganlar. Ammo Volter 83 yil umr ko’rib ularni hayratga qoldirgan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi….