Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

Bilsangiz, inson organizmining bosh a’zosi bo’lmish miya kunning turli qismlarida butunlay o’zgacha ishlaydi. Muhim ma’lumotni eslab qolish uchun uni kunning ma’lum bir paytida o’qish, murakkab vazifalarni esa yana boshqa bir pallada bajarish kerak.

6.00-7.00
Tonggi soat 6.00-7.00 da miyaning uzoq vaqtlik xotira qismi faol holatda bo’ladi, kunning bu paytida o’qilgan narsa oson eslab qolinadi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

8.00-9.00
8.00-9.00 oralig’ida esa mantiqiy fikrlash imkoniyati kuchli bo’ladi, bu eslab qolish va tahlil qilishga oid vazifalarni bajarib olish uchun eng qulay paytdir.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

9.00-10.00
9.00-10.00 oralig’i esa statistika hamda ma’lumotlar bilan ishlash uchun optimal vaqt sanaladi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

11.00 -12.00
11.00 dan 12.00 ga qadar bo’lgan vaqtda intellektual samaradorlik darajasi pasayadi, bu paytda o’zingizni biror narsa bilan chalg’itishingiz, misol uchun musiqa tinglashingiz mumkin.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

11.00 – 14.00
11.00 dan 14.00 gacha bo’lgan pallada esa tushlik qilib olish kerak. Sababi bu vaqtda ovqat hazm qilish tizimi faol ishlaydi, tanovul qilingan mahsulotlar juda yaxshi o’zlashtirib olinadi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

12.00 – 18.00
12.00 – 18.00 oralig’i esa faol ishlash pallasi. Haddan tashqari kech, misol uchun tun paytida mehnat qilish miyani zo’riqtirib qo’yishi mumkin. Buning birinchi belgisi esa uyquga ketishning qiyinligi sanaladi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

21.00-23.00
21.00-23.00 oralig’ida asab tizimining dam olishi uchun imkon berish lozim. Bu paytda sokin muhitda hordiq chiqarish tavsiya etiladi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

23.00 – 1.00
23.00 dan tungi soat 1.00 ga qadar bo’lgan payt uxlasangiz, tanadagi quvvat qayta tiklanadi. Qadimgi Xitoy tabobatida ushbu quvvat ”tsi”, hind yoglari orasida ”prana”, zamonaviy ilm tilida esa ”Asab va mushaklar kuchi” deb nomlanadi.

Vaqtning miyaga qanday ta'siri bor?

1.00 – 3.00
Tungi soat 1.00 dan 3.00 ga qadar uxlash davomida esa tanadagi emotsional quvvatni qayta tiklash mumkin.