Angliyalik 51 yoshli Endryu Klark lotereyadan jek-pot yutib oldi — 76,3 million funt sterling! Bu haqda «Mirror»ga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.
Voqeaning qiziq jihati shuki, Endryu lotereyani sotib olishga olib, uni unutib yuborgan ekan. Lotereya o’ynalganidan so’ng oradan bir oy o’tib, jiyanining qistovi bilan mashinasining g’aladonida yotgan chiptani tekshirib qarasa — yutuqli bo’libdi…
Shu tariqa Endryu Klark Britaniya lotereyalari tarixidagi kattaligi bo’yicha 12-yutuq sohibiga aylandi. Agar u yana besh oygacha lotereya tashkilotchilariga murojaat qilmaganida pullar xayriyaga ketardi. Multimillionerga aylangan Klark birinchi navbatda ishdan bo’shash to’g’risida ariza yozdi, u endi sayohatga chiqishni mo’ljallayapti.
Izohlarni ko`rish