* * *
Dorixona mudiri yosh amaliyotchi qizga maslahat beryapti:
— Agar vrachlar yozib bergan dori qog’ozini umuman o’qib bo’lmasa, dorini mana bu shishadan quyasiz!
* * *
— Yaxshi qiz, sizning ham sirlaringiz bormi?
— Albatta.
— Qanaqa sir ekan?
— Venerologda… Davolanyapman.
* * *
Hech qachon bugungi ishni ertaga qoldirma! Yaxshisi, indinga qoldir. O’shanda ikki kun maza qilib dam olasan. (Dangasaning maslahatidan)
* * *
Talabalar oshxonasida. Talaba taomnomani ko’zdan kechira boshladi:
— Suyaksiz sho’rva — uch yuz so’m
— Suyakli sho’rva — besh yuz so’m.
Talaba oshpazga yuzlandi va suyakli sho’rvaga buyurtma berdi. Ammo oshpaz uning qo’liga suyaksiz sho’rva to’la kosani tutdi.
— Ie, suyagi qani?
— Birpas sabr qiling, hozir bo’shab qoladi!
* * *
Qabristonda biri 82, biri 92 yashar kampirlar uchrashib qolishdi.
— Voy, Suydixon, nechaga kirdingiz?
— 82 ga.
— O’h-ho’, haliyam qoshingizga o’sma qo’yyapsizmi?
— Ha, o’zingiz nechadasiz?
— Men 92 daman, o’rgilay.
— Voy, haliyam qabristondan uyga qaytab bora olyapsizmi?
* * *
O’layotgan er xotiniga vasiyat qilyapti.
— Unutma, qo’shnimiz Eshmatning bizdan yuz ming so’m qarzi bor.
— Xo’p.
— Yana esingda tut, biz Qurvon akaga ellik ming qarzmiz.
— Uf-f, yana alahsirayapti-ya!
* * *
— Bilasizmi, ilgari bo’rilar, tulkilar va shunga o’xshash vahshiy hayvonlar umuman go’sht yemagan ekan.
— Qaerdan bildingiz?
— «Bo’g’irsoq» ertagini o’qigandim.
* * *
Bolalar bog’chada o’zaro suhbatlashishyapti.
— Biz uyda ikkita aka-ukamiz. Har birimizning alohida-alohida xonamiz bor.
— Biz uch aka-ukamiz. Har birimizning alohida velosipedimiz bor.
— Biz bo’lsak, yettita aka-ukamiz. Hammamizning alohida-alohida dadamiz bor.
* * *
Yigitni do’stlari mehmonga taklif etishgandi. Mehmonga quruq qo’l bilan borib bo’lmaydi. Bozorga tushib guldasta sotib oldi. Do’konga kirib bir shisha shampan vinosi xarid qildi. Xullas, kechikib keldi. Jahli chiqib ketgan do’stlar unga aroq to’la qadahni tutqazib baravariga baqirishdi:
— Jarima!.. Jarimasiga ichasan!
Yigit och qoringa aroqni ichdi. Ketidan ikkinchisi, uchinchisi, to’rtinchisi…
G’irt mast holda mehmondan chiqib katta yo’lning taqiqlangan joyidan nariga tomonga o’tayotgandi, yo’l patrul xodimi to’xtatib dedi:
— Siz qoidani buzdingiz! Jarima to’lang!..
— J-jarima?.. Mayli, seniyam sazang o’lmasin! Quyaqol!..
* * *
Ofisga qo’ng’iroq qilishdi.
— Yaxshi qiz, faksni qabul qilib oling!
— To’xtang, oldin ruchkamni topib olay!
Olimjon HAYIT tayyorladi