Bola boshidan, deganlaridek, xorijlik mutaxassislar olib borgan ilmiy tadqiqotlardan ayon bo’ldiki, bolada juda yoshligidanoq tadbirkorlik va liderlik qobiliyatini shakllantirish mumkin. Bu borada quyidagi 7 tavsiya ota-onalarga asqatadi.
Bolaning fikrini hurmat qilayotganingizni uning o’ziga doim bildiring.
Har doim a’lo baho olishga majburlamang. Chunki bolada o’qishga, bilim olishga qiziqishni kuchaytirish kerak. U baho uchun emas, chinakam ma’noda bilim olishga intilishi lozim.
Maqsad sari dadil qadam tashlashga o’rgating. Buning uchun kichkintoy turli tanlov va bellashuvlarda ko’proq ishtirok etsin.
Bolaning “shaxsiy hayoti” bilan qiziqib borish lozim. Misol uchun, bog’cha yoki maktabda biror do’sti undan foydalanayotgan bo’lishi mumkin. Bolaga chin do’st hech qachon bunday qilmasligini tushuntiring. O’z navbatida, bolangiz ham boshqalarga nisbatan manipulyasiya qo’llashiga yo’l qo’ymang;
Bola to’garaklarga borishi, jamoaviy ishlashni o’rganishi kerak. Chunki lider jur’atli, kirishimli, ortidan ko’pchilikni ergashtira oladigan bo’lishi shart.
O’g’il-qizingizga nafaqat ota-ona, balki do’st, sirdosh ham bo’ling!
Amerikalik milliarder Freyzer Doerti erishgan barcha muvaffaqiyatlariga sabab deb 14 yoshida buvisining reseptlari asosida mevalardan jem tayyorlashga qiziqib qolganini biladi. U pishirgan murabbolarini qo’shnilarga sotib, shundan jamg’argan puliga o’zining ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilgan. Va oradan uch yil o’tgach millionerga aylangan! Siz ham bolangizda yilt etgan qiziqish va iqtidorni payqasangiz, uni imkon qadar qo’llab-quvvatlang.
 

darakchi.uz