Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Hamma qiz ham oq libos haqida orzu qilavermaydi, shu qatorda yulduzlar ham. Mashhur yulduzlarning nikoh kechasida noodatiy libos bilan chiqishiga ko’pchilik allaqachon ko’nikib qolgan bo’lsa ham kerak. Bugungi maqolamiz qahramonlari ham noyob to’y liboslari bilan barchani lol qoldirgan.

Keyli Kuoko

“Katta portlash nazariyasi”dagi Penni ro’li bilan barchaga yaxshi tanilgan aktrisa 2018 yil 30 iyun kuni Karl Kukka turmushga chiqdi. U nikoh oqshomida ajoyib oq kambenizonda namoyon bo’ldi. Uning ushbu uslubi ko’pchillikka manzur bo’ldi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Julianna Mur

Julianna Mur 2003 yilda amerikalik prodyuser va rejissyor Bart Freyndlixga turmushga chiqqan. Uning to’y libosi ko’pchilik uchun g’ayritabiiy tuyuldi. Binafsharang libos va yashil taqinchoq unga juda yarashgan.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Emili Ratakovski

Mahoratli model ommani ikki karra lol qoldirdi. Boisi u 2018 yil 23 fevral kuni, atigi bir necha oy ilgari tanishgan yigiti Sebastyan Makklardga turmushga chiqadi va Zara brendidan ajoyib kostyumni nikoh libosi sifatida kiyib chiqadi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Kristen Bell

2013 yil 17 oktyabrda Kristen Bell va uning hamkasbi turmush qurishadi. Bu haqida faqat ularning eng yaqin do’stlarigina xabar topdilar. Oppoq to’y libosi o’rniga kelinimiz qora kofta-shim va katta taqinchoq uyg’unligini tanladi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Emma Tompson

1989 yil Emma Tompson va Kennet Brana turmush qurishadi. Emma nikoh kechasida tizzagacha uzunlikdagi, rangli naqshlar bilan bezatilgan noodatiy libos kiyadi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Anjelina Joli

2014 yil 23 avgust sanasi mashhurlar oilasi yana bittaga ko’paydi. Ushbu sanada go’zal va maftunkor Anjelina Joli hamda iqtidorli Gollivud aktyori Bred Pitt turmush qurishdi. Anjelina to’y oqshomida farzandlari tomonidan suratlar bilan bezatilgan va Versace tomonidan yaratilgan libosda namoyon bo’ldi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Selin Dion

1994 yil 17 dekabrda Selinni dunyoga tanitishda o’z hissasini qo’shgan musiqa prodyuseri Rene Anjelil bilan turmush qurdilar. Selin Dion nikoh kechasida odatiy libos kiygan, biroq uning boshidagi taqinchoq haqida bunday deya olmaymiz. Uning toji o’sha davrlarda barchaning tiliga tushgan.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

Dita fon Tiz

Ideal juftlik sanalgan Dita fon Tiz va Merilin Menson oddiy to’y bilan cheklanib qolmasliklari aniq edi.

2005 yil 28 noyabrda bo’lib o’tgan nikoh kechasida kelinimiz siyoxrang libosda mehmonlar qarshisiga chiqdi.

Klassik to'y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)

loading…